O?ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI XORIJLIK ABITURIYENTLARDAN HUJJAT QABUL QILMOQDA

12.07.2019 10:50

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga xorijlik abituriyentlar kirish imtihonisiz suhbat asosida qabul qilinadi.

 

 

TOSHKENT, 12 iyul. /«DUNYO» AA/. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 2019/2020 o‘quv yili uchun chet el fuqarolardan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qish uchun hujjatlar qabul qilishni davom ettirmoqda, deb xabar qiladi “Dunyo” AA muxbiri.

 Akademiyada xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (musulmon mamlakatlari), xalqaro munosabatlar, islomshunoslik (qur’onshunoslik, hadisshunoslik, islom huquqi, aqida va tasavvuf, islom tarixi va manbashunosligi), dinshunoslik, psixologiya (din sotsiopsixologiyasi), filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili), turizm (ziyorat turizmi) yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olish mumkin.

 Xorijlik abituriyentlar Akademiyaga kirish imtihonlaridan ozod etiladi va suhbat asosida qabul qilinadi. Talabalar istaklariga ko‘ra o‘zbek yoki rus tilida bilim olishi mumkin. Ayni paytda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Rossiya, Qirg‘iziston va Tojikiston fukarolari tahsil olmoqda.

 Bu yilgi qabul jarayonida chet el fuqarolariga qulaylik yaratish maqsadida hujjatlarni elektron tarzda taqdim qilish yo‘lga qo‘yildi.

 Akademiyadan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, hujjatlarni international@iiau.uz elektron manziliga yoki +998 90 7888745 (Telegram va WhatsApp) telefon raqamiga yuborish mumkin. Shuningdek, xorijiy talabalar uchun o‘qish shartnomasi to‘lovini o‘zlariga maqbul bo‘lgan shaklda amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net