MILLIY PALATA NAMANGAN VA CHIMKENT SHIFOKORLARI O?RTASIDA UCHRASHUV TASHKIL ETDI

19.12.2019 09:48

TOSHKENT, 19 dekabr'. /«Dunyo» AA/. Innovasion sog‘liqni saqlash milliy palatasi tashabbusi bilan Namanganda Qozog‘istonning Chimkent shahri shifokorlari bilan uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

Ta'kidlanishicha, Chimkentdagi Flebologiya va lazer medisinasi klinikasi Qozog‘istonda bu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan birinchi innovasion ixtisoslashtirilgan muassasa hisoblanadi.

 

Milliy palata tomonidan uyushtirilgan bunday tadbirlar ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik, innovasiya va sog‘liqni saqlash borasida viloyatlar klinikalarining o‘zaro to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarini mustahkamlash va rivojlantirish hamda tajriba almashishiga xizmat qiladi.

 

Namangandagi " Anamed" xususiy diagnostika markazida bo‘lib uchrashuvda ikki mamlakat davlat idoralari, jumladan, Innovasion sog‘liqni saqlash milliy palatasi, Namangan viloyati hokimligi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakillari so‘zga chiqib, seminar ishtirokchilarini tabrikladi.

 

Viloyatda hozirgi kunda mintaqadagi va xalqaro tibbiyot muassasalari bilan faol aloqa o‘rnatish ishlari jadal olib borilmoqda. Xususan, shu yil oktyabr' oyida AQShning Michigan universiteti vakillarining Namanganga tashrifi ham Innovasion sog‘liqni saqlash milliy palatasi hamkorligida tashkil etilgan edi.

 

Amerikalik mutaxassislar viloyat aholisini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, maslahatlar berish bilan bir qatorda onkologiya va rekonstruktiv jarrohlik tibbiyot genetikasi va boshqa masalalarga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyada ham qatnashdi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Innovasion sog‘likni saqlash milliy palatasi markazining matbuot xizmati xabariga ko‘ra, qozog‘istonliklar bilan o‘tkazilgan anjuman zamonaviy lazer jarrohlik usullarini tomirlarning kengayishi (varikoz) va proktologik xastaliklarni davolashda qo‘llash imkoniyatlari muhokamasiga bag‘ishlandi.

 

Seminar ishtirokchilari O‘zbekiston va Qozog‘iston mutaxassislarining o‘zaro mintaqaviy aloqalari sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar sifati va samaradoligini oshirishga asos bo‘lishini ta'kidlab o‘tishdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net