Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes bilan shartnoma bekor qilindi

22.01.2025 06:45

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes sog'lig'i bilan bog'liq muammolar sababli O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan tuzilgan shartnomani o'zaro rozilik bilan bekor qilishga qaror qildi

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi ma'lumotiga ko'ra, sloveniyalik murabbiy o'z murojaatida hozirgi holatida vazifalarini to'laqonli, professional tarzda bajara olmasligini afsus bilan qayd etdi. Doimiy qo'llab-quvvatlagani va samarali hamkorlik uchun assotsiatsiyaga o'z minnatdorchiligini bildirdi. Terma jamoamizga Jahon chempionati saralash bahslarida omad tiladi.

O'z navbatida, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Srechko Katanesga terma jamoamiz boshqaruvidagi mehnatlarini uchun minnatdorchilik bildiradi. Salomatligini tiklab, murabbiylik faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirishini tilaydi.

"O'FA hamda Srechko Katanes o'rtasidagi shartnoma o'zaro do'stona munosabatlarni saqlagan holda bekor qilindi. O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi lavozimiga munosib nomzod tayinlash borasida ish olib bormoqda", - deyiladi O'FA xabarida.

Eslatib o'tamiz, Srechko Katanes bilan shartnoma 2021-yilning avgustida tuzilgan va u 2025-yilga qadar mo'ljallangan edi. O'tgan yillar davomi u O'zbekiston terma jamoasida samarali ishladi deyishimiz mumkin. Uning boshchiligida bosh jamoamiz o'yinida yuksalish kuzatildi. Jahon chempionati saralashlarida ham yaxshi natijalar qo'lga kiritildi. Xususan, O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo qit'asida futbol bo'yicha Jahon chempionati 3-saralash bosqichining o'tgan olti uchrashuvi yakuniga ko'ra, "A" guruhida 13 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallab turibdi. 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net