Raqamlashtirishni keng joriy qilish orqali iqtidorli sportchilarni topish, saralash va ularni tayyorlash bo‘yicha ham yangi tizim joriy qilinadi

13.02.2025 01:35

Bu haqda Prezident raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Buning uchun alohida raqamli platforma ishga tushiriladi. Umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning u yoki bu sportga qobiliyati aniqlanib, elektron platformaga kiritiladi. Sport maktablari bu mezonlar asosida o‘ziga yoshlarni tanlab, jismoniy va psixologik tayyorlab boradi. Sportchilarning kundalik natijalari, erishayotgan yutuqlari ham yagona elektron tizimga joylashtiriladi.

Sport federatsiyalari ham eng yaxshi natija ko‘rsatgan yoshlarni terma jamoa yig‘inlariga chaqirib, ularni seleksiya qilib boradi. Terma jamoaga jalb qilingan yoshlar uchun jismoniy ko‘rsatkichlarni monitoring qiladigan raqamlashgan tizim yaratiladi.

Natijada sportchilarning ko‘rsatkichlari xorijiy yoki tor soha mutaxassislariga onlayn yuborilib, tavsiyalar olish imkoni yaratiladi.  

Shuningdek, sportchilar kasal bo‘lganida, ular qanday dori vositalarini iste’mol qilishi mumkin yoki mumkin emasligi bo‘yicha platformada onlayn konsultatsiyalar berib boriladi. Buni hisobiga doping bilan bog‘liq noxush holatlarni oldi olinadi.

Eng muhimi, bu tizim nafaqat sportchilar, balki ularning murabbiylari faoliyatini ham baholab borishga xizmat qiladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net