O‘zbekistonda 40 mingdan ortiq pedagoglarga xalqaro va milliy sertifikatlar bo‘yicha ustamalar to‘lab kelinmoqda

06.12.2024 02:45

Mamlakat rivoji izchil islohotlar va yangilanishlar bilan bog‘liq. Bunda asosiy e’tibor inson qadri, farovon turmush, aholi tinchligi va salomatligi, qonun ustuvorligiga qaratiladi. Albatta, bu hayotiy mezonlarga sifatli ta’lim va yuksak tarbiyaga ega avlodni kamolga etkazish orqali erishiladi.
Albatta, bunda pedagog kadrlarning bilim va mahoratlarini oshirish masalasi etakchi o‘rinda turadi va buning uchun umuta’lim muassasalarini malakali va iqtidorli pedagog kadrlar bilan ta’minlash borasida qator ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunga qadar O‘zbekistondagi 40 mingdan ortiq pedagoglar xalqaro va milliy sertifikatlar bo‘yicha ustamalar to‘lab kelinmoqda, doimiy verifikatsiyadan o‘tkazib kelinmoqda.
Joriy o‘quv yilida 22 ta fandan milliy va xalqaro sertifikat uchun ustama to‘lanishi belgilangan. Ma’lumot uchun: o‘tgan o‘quv yilida 19 ta fan bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikat uchun ustama to‘langan.
O‘tgan yillar davomida xorijiy tilni bilish darajasi sezilarli o‘sdi, xususan til bilish sertifikatiga ega maktab o‘quvchilari soni 2024 yilda 37074 nafarni tashkil etib, bu ko‘rsatkich 2021 yilga nisbatan 3.3 karra oshgan.
O‘z navbatida, milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega pedagoglar soni 2021 yilda 1944 nafar (5%)ni tashkil etgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib xorijiy til o‘qituvchilarining til bilish bo‘yicha sertifikatga ega o‘qituvchilar soni 27992 nafarni tashkil etib, 56,5 foizga (2023 yilda 32 foiz) etkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi tashkil etildi.
O‘tgan davr mobaynida mazkur tanlovda 14-16 yoshdagi 110 mingga yaqin o‘quvchilar ishtirok etdi. Xususan, 2023/2024 o‘quv yilida o‘tkazilgan tanlovda 6 442 ta maktabning 32 210 nafar o‘quvchisi ishtirok etdi. 2022/2023 o‘quv yilida 70 nafar respublika bosqichi ishtirokchilari va 14 nafar ularning pedagoglari Buyuk Britaniyaga ta’lim sayohatiga yuborildi.
Shuningdek, umumta’lim maktablarida bitta kasb va ikkita xorijiy tilga o‘rgatish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
Ikkinchi xorijiy til sifatida tanlangan – ingliz, nemis, frantsuz, koreys, yapon va xitoy tillari bo‘yicha o‘quv dasturlarini yaratildi. O‘tgan o‘quv yilida jami 208 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ikkita xorijiy tillarni o‘qitish amaliyoti joriy etildi. 2024/2025 o‘quv yilida bu maktablar soni 356 tani tashkil etmoqda.
Davlat umumta’lim maktablariga 2023/2024-o‘quv yilida 500 nafar xorijlik mutaxassislar jalb etildi. Natijada xorijiy mutaxassislar jalb etilgan 500 ta maktab o‘quvchilarinig til bilish darajasi hududlar kesimida o‘rtacha 5%dan 15%gacha oshirildi. Natijada, 8951 nafar o‘quvchi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishdi.
2023-2024 o‘quv yilida maktab o‘quvchilari tomonidan xalqaro fan olimpiadalarida jami 122 medal qo‘lga kiritilgan bo‘lib, ushbu natija hozirga qadar eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Nufuzli xalqaro va mintaqaviy xalqaro fan olimpiadalarida yoshlarimiz qo‘lga kiritgan medallar soni oxirgi yillarda 2,7 barobarga oshib, 45 tadan (2022 yil 3 ta oltin, 17 ta kumush, 25 ta bronza) 122 taga (2024 yil 15 ta oltin, 39 ta kumush, 68 ta bronza) etdi.
2024 yilda tariximizda ilk marta Germaniyada tashkil qilingan Xalqaro nemis tili olimpiadasida Rayyona Ibrohimova ilk bor oltin medalni, Niderlandiyada tashkil qilingan Evropa informatika qizlar olimpiadasida Zarnigor Rahimova ilk bor bronza medalini, Gongkongda tashkil qilingan Xalqaro Iqtisod olimpiadasida ilk marta Qarshi Prezident maktabi o‘quvchisi Rizoqulov Jasurbek bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Joriy yilda asosiy olimpiadalarning viloyat va respublika bosqichlari hamda xalqaro olimpidalar g‘oliblarini taqdirlash uchun davlat byudjetidan jami 9 mlrd. so‘m yo‘naltirildi (2019 yilgi 780 mln so‘mdan qariyb 11,5 barobarga ko‘p).
Joriy yilda barcha umumta’lim maktabiga Internet tarmog‘i infratuzilmasi olib kelindi va “Education” tarif rejasidagi internetdan foydalanish yo‘lga qo‘yildi.
5-7 sinflar uchun Singapurning Star Publishing nashriyotining matematika, Marshall Cavendish nashriyotining tabiiy fan kabi darsliklar mahalliylashtirildi.
2024-2025 o‘quv yili uchun xorijiy nashriyotlarning darsliklarini ta’lim tizimga joriy etish davom ettirilib, “O‘zbekiston” NMIU hamda Germaniyaning Klet nashriyoti o‘rtasida imzolangan shartnoma asosida 1-11-sinflar uchun 224,3 ming nusxa nemis tili mashq daftarlari;
Kembridj nashriyotining 5-11-sinf informatika va axborot texnologiyalari fani darsliklari rus va qardosh tillarida 727,2 ming nusxa;
Kembridj nashriyotining 1-11-sinf ingliz tili darslik va mashq daftalari 2,7 mln. nusxa;
Xorijiy tajribalar asosida 1-4 sinflar uchun 24,4 mln. nusxa darsliklar va mashq daftarlari chop etildi.
O‘quvchilar kontingenti ortganligi sababli darsliklar etishmovchiligini oldini olish maqsadida 11-sinflar uchun 1,1 mln. nusxa darsliklar qayta chop etildi.
Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun Braylь alifbosida 6 629 nusxa darsliklar chop etildi.
2024-2025 o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari 10-sinf o‘quvchilarini ikkinchi xorijiy tilga o‘qitish maqsadida Germaniyaning Klett-Verlag nashriyotidan nemis tili (20,4 ming nusxa), Gretsiyaning MM Publications nashriyotidan ingliz tili (4,1 ming nusxa), Frantsiyaning Hachette Livre International nashriyotidan frantsuz tili (11,0 ming nusxa), Xitoyning Beijing Language and Culture University Press nashriyotidan xitoy tili (1,1 ming nusxa) darslik majmualari darslik majmualari xarid qilindi.
Tajriba-sinov tariqasida 500 ta umumta’lim maktablarida joriy etilgan Baholashning yangi tartibi 2024-2025-o‘quv yilidan 1500 ta maktabga joriy qilinmoqda.
O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilarining 2025 yil aprelь-may oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan PISA — 2025 tadqiqotlarida ishtirok etishlari uchun hozirda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD), Avstraliya ta’lim tadqiqotlari kengashi (ACER) bilan hamkorlikda tadqiqotning ushbu bosqichiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Maktablarda yuritiladigan 6 dan ortiq o‘quv-pedagogik hujjatlar to‘liq elektron shaklga o‘tkazildi. Xususan, Pedagogik kengash bayoni daftari, o‘quvchilar harakati daftari, buyruqlar daftari, shahodatnomalarni ro‘yxatga olish daftarini qog‘oz shaklida yuritish bekor qilindi.
Uzoq muddat (gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya kasalligi bo‘yicha) davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar uchun “Mehrli maktab” davlat ta’lim muassasasi (2022 yil) hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrida (7 ta) filiallari (2023-2024 yillar) faoliyati yo‘lga qo‘yilib, 9 424 nafar bolalar ta’lim-tarbiya bilan qamrab olindi.
Maktab bitiruvchilarining oliy o‘quv yurtlariga kirish o‘rtacha ballari so‘nggi besh yilda 69,8 balldan 78 ballga oshdi.


Sardor Radjabov,
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha
va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net