
Kuala-Lumpur shahridagi Malayziya parlamenti binosida O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Devonlari xodimlari uchun maxsus tajriba almashish dasturi boshlandi, deb xabar qilmoqda
Besh kunlik malaka oshirish kursi O'zbekiston elchixonasi ko'magida Malayziya Parlamenti va Davlat boshqaruv milliy instituti bilan hamkorlikda mamlakat texnik hamkorlik dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.
Tegishli kelishuv O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov boshchiligidagi delegatsiyaning Kuala-Lumpurga tashrifi davomida erishilgan edi.
Malayziya – parlament demokratiyasiga asoslangan konstitutsiyaviy monarxiya. Qonunchilik organi ikki palatali, Senat 70 va Vakillar palatasi 222 nafar a’zodan iborat bo'lib, tegishlicha 3 va 5 yillik muddatga saylanadi.