Maqolada O‘zbekiston va Ko‘rfaz arab davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar muhimligi, xususan, iqtisodiy, sarmoyaviy va moliyaviy aloqalarni umumiy manfaatlarga erishish yo‘lida rivojlantirish zarurligi ta’kidlangan.
Muloqot chog‘ida tomonlar 2025 yil Samarqandda o‘tadigan “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” ikkinchi oliy darajadagi sammitiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va sheriklikni yanada chuqurlashtirish masalalari, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan sog‘liqni saqlash, madaniyat, ommaviy axborot vositalari, yoshlar va sport sohalari qo‘shma harakatlar rejasini muhokama qildilar.