
Malayziyaning "Bernama" axborot agentligi joriy yil 27-oktabr kuniga belgilangan O'zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlariga saylovlariga bag'ishlangan maqolani tarqatdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"27-oktabrga belgilangan O'zbekistondagi parlament saylovlari millatning demokratik yo'lidagi muhim bir bosqichni ifodalaydi, saylov muhitini o'zgartirishni va'da qiladigan yangi o'zgarishlarni kiritadi, – deyiladi maqolada. – Xususan, O'zbekiston Markaziy saylov komissiyasining yaqinda bo'lib o'tgan yig'ilishi bir necha asosiy innovatsiyalar e'lon qilindi, ular katta samaradorlik, shaffoflik va inklyuzivlikni ta'minlaydi, bu saylovlarni jahon manfaatlari mavzusiga aylantiradi".
Nashrda qayd etilganidek, mamlakat tarixida birinchi marta Qonunchilik palatasiga saylovlar majoritar va proporsional vakillikni birlashtiruvchi aralash saylov tizimi orqali o'tkaziladi. Bu o'zgarish ovoz beruvchilarga yetmish besh deputatni to'g'ridan-to'g'ri saylash, qolgan yetmish beshi esa partiya ovozlari asosida tanlanadi. Bu tizim ko'proq muvozanatli vakillik organlarini yaratishni maqsad qilgan, demokratik legitimlikni kuchaytirish va siyosiy ovozlarning keng spektrini ta'minlaydi.
O'zbekistonning saylov tizimidagi eng e'tiborli yutuqlardan biri saylov komissiyasi faoliyatining to'liq raqamlashtirilishi hisoblanadi. "E-Saylov" axborot tizimining joriy etilishi oldinga katta siljish bo'lib, saylov jarayonini zamonaviylashtirishga xizmat qiladi.
Bu raqamli platforma nafaqat jarayonni soddalashtiradi, byurokratiya va qog'ozbozlikni kamaytiradi, balki saylov jarayonini yanada yaqin, samarali va shaffof qiladi.
"Mening tanlovim – obod Vatanim" shiori ostida o'tadigan bo'lajak saylovda 30 mingga yaqin nomzod ishtirok etadi. Saylov jarayonida 120 mingdan ortiq saylov komissiyalarining a'zolari, 70 ming fuqaro va ko'plab xalqaro kuzatuvchilar ishtirok etishi kutilmoqda", – deb yozgan "Bernama".