O'zbekiston va Malayziya korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o'zaro hamkorlikni kengaytirish rejalarini belgilab oldi

27.08.2024 16:30

O'zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov boshchiligidagi delegatsiyaning Malayziyaga safari yakunlandi

Tashrif davomida Malayziya Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish akademiyasi, Malayziya Bosh vaziri huzuridagi Moliyaviy jinoyatchilikka qarshi kurashish milliy markazi, Milliy halollik instituti hamda "Malaysia Corruption Watch (MCW)" nodavlat tashkiloti rahbariyati bilan uchrashuvlar o'tkazildi.

Shuningdek, O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng-ko'lamli islohotlar, xususan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan tizimli ishlarga bag'ishlangan brifing tashkil etildi.

Malayziya Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi bosh komissari Azam bin Baki bilan uchrashuvda o'zaro amaliy hamkorlikni kengaytirish rejalari belgilab olindi. Komissiya faoliyati yo'nalishlari, ustuvor vazifalari, inson resurslarini boshqarish, boshqaruv sohasida tergov, huquqiy va jinoiy ta'qib, milliy boshqaruvni rejalashtirish hamda strategik aloqa kabi tarkibiy tarmoqlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Malayziya Bosh vaziri huzuridagi Moliyaviy jinoyatchilikka qarshi kurashish milliy markazi bosh direktori Shamshun Baxarin bin Mohd Jamil bilan muzokaralarda moliyaviy jinoyatlarni aniqlash, oldini olish, barham berish va unga qarshi kurashish sohalarida o'zaro tajriba almashildi.

"Malaysia Corruption Watch (MCW)" tashkiloti vakillari bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda korrupsiyaga qarshi kurashishga fuqarolik jamiyati institutlarini faol jalb qilish, samarali jamoatchilik nazorati mexanizmlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Tashrif natijasida qonun ijodkorligi sohasida o'zaro tajriba va axborot almashish, korrupsiyaga qarshi kurashish idoralari xodimlari uchun maxsus kurs, seminar va ta'lim dasturlarini ishlab chiqish, korrupsiyaga qarshi turli chora-tadbirlar samaradorligini o'rganish bo'yicha qo'shma tadqiqotlar olib borish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.

2022-yilda Malayziya Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi rahbari Azam bin Bakining Toshkentga amalga oshirgan tashrifi doirasida O'zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Bosh prokuraturasi bilan Hamkorlik memorandumlari imzolangan.

"Transparency International" xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan Korrupsiyani qabul qilish indeksining 2023-yil natijalariga ko'ra, Malayziya 180 ta davlat orasida 57-o'rinni egallagan. Mamlakatdagi islohotlar natijasida hukumat oldida 10 yil muddatda 25-o'ringa chiqish vazifasi qo'yilgan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net